Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ ICHIDA BO‘L: SEKTOR RAHBARLARI G’ISHTMON MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

×

 2023-05-16 18:02:54    191

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi G’ishtmon mahallasida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Shuningdek, qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Z.To‘laganov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari buyicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili A.Kamilov, va tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda 25 nafar fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan uy-joy olish, aliment undirish, tibbiyot, elektr energiyasi, bandlik, gaz balon olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram