Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 69 YILLIGI NISHONLANDI
2023-04-26 15:46:17 454
Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 49-umumta’lim maktabida hassos shoir Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf – otashqalb shoir” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda maktabdagi iste’dodli o‘quvchilar, adabiyot fani to‘garagi a’zolari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub she’r va qo‘shiqlar zavq bilan ijro etildi. Bunday tadbirlar tumanimizdagi barcha maktablarda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.