Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUMTOZ MAHALLASIDAGI 3 MING METRDAN ZIYOD ICHKI YO‘LLAR HAM ASFALTLASHTIRILDI
2023-04-26 11:59:18 198
Bugungi kunda viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi ishlar jadal sur’atda davom etmoqda.
Yillar davomida ta’mirtalab bo‘lib kelgan ko‘chalar bugunga kelib tekis va ravon yo‘lga aylanmoqda. Xatto ichki ko‘chalar ham asfaltlashtirilmoqda.
Hudud infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida Mumtoz mahalla fuqarolar yig‘inida ham Prezidentimizning PQ-408 sonli Qaroriga asosan 3,3 kilometr ichki yo‘llar ham ta’mirlanib, asfalt yotqizildi.
Obodlik va bunyodkorlik ishlari tumanimizning yana ko‘plab mahallalarida davom etmoqda.