Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-04-23 09:06:39 191
Muborak Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj kishilar xolidan xabar oldilar.
Saxovat tadbiri davomida Behizor ko‘chasida istiqomat qiluvchi nogiron farzandi mavjud I.Asqarov, Shohimardon ko‘chasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan I.Sharofiddinova, Sardoba ko‘chasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan R.Qalandarovlar xolidan xabar olinib, ushbu oilalarga oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berildi.
Xonadon egalari Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan bunday yuksak e’tibor uchun minnatdorchilik bildirishdi.