Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IPAK QURTI PARVARISHI AVJIDA
2023-04-19 12:24:56 216
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi pillakorlar mo‘l pilla hosili yetishtirish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmoqdalar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Pilla – bu daromad manbai”dir.
“Agro pilla” MChJ tomonidan bahorgi pilla mavsumida 2172 quti ipak qurtlari jonlantirilib, 290 ta fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida tarqatildi. Ipak qurti mahallardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, vaqtincha ishsiz aholi va yoshlar tomonidan parvarishlanmoqda.
Qo‘shtepa tumani pillakorlari joriy yilda 125976 tonnadan ziyod qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsadida astoydil mehnat qilmoqdalar.
Qishloq xo‘jaligida yilning dastlabki xirmonini barpo qilishda tuman hokimligi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari va pillachilikka mutasaddi rahbarlar hamda soha mutaxassislari pillakorlarga yaqindan yordam berib kelmoqda.