Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAVOL BERING-JAVOB BERAMIZ
2023-04-19 11:14:56 206
Savol:
Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari Savdo-sanoat palatasiga palata a’zoligiga kirish badallari uchun hozirgi kunda to‘lov mavjudmi?
Fuqaro G’.Mo‘ydinov.
Javob:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (PQ–15-son, 23.01.2023 y.) ko‘ra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.
Palata, jumladan, a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.
2023 yil 1 fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.
Akmaljon Mamadaliyev,
Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.