Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPANING CHEKKA HUDUDLARI HAM KUNDAN-KUNGA OBOD BO‘LMOQDA
2023-04-18 11:18:33 179
Hududlarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda Qo‘shtepa tumanida qaror ijrosi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, mahallalarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar hal etilmoqda. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha tumandagi 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inida aholining toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari hal etilib, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu kunga qadar Qiyqi MFY hududida 1.75 km tarmoq tortildi, 1 dona quduq qazish ishlari yakunlanib, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
Quvirboshi MFY aholisi uchun 2.8 km tarmoq tortildi. 1 dona quduq tozalandi va 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
Qoraqushchi MFY hududidagi Ravnaq, Turon, Gulobod ko‘chalarga 3,0 km tarmoq tortilib, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
O’qchi MFYdagi Giloszor, Yangi Farg‘ona ko‘chalariga ham 2,8 km tarmoq tortildi.
Xumdon MFY hududida 1 dona quduq qazildi, 4,7 km tarmoq tortildi.
Xo‘jaqishloq MFY hududida 0.5 km tarmoq tortildi. 1 dona quduq qazilib, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
Sarmozor MFY hududida esa 2.4 km tarmoq tortilib, 1 dona yangi quduq qazildi, 1 dona yangi suv minorasi o‘rnatildi.
Do‘stlik MFY hududida 6,5 km transheya qazilib, 5,8 km tarmoq tortildi.
Istiqlol MFY hududidagi Mash’al, Obodlik, Nuroniylar, Munavvar, Mustaqillik, Do‘stlik va Oltin vodiy ko‘chalarida 1,0 km transheya qazish, 0,9 km tarmoq tortish ishlari amalgaoshirildi.
Fayz MFY hududida 0,6 km transheya qazish, Shakar MFY hududida esa 1,3 km tarmoq tortish, 1 dona quduq qazish va 1 dona suv minorasi o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Vatan MFY hududida 3,2 km transheya qazildi, 3,0 km tarmoq tortildi. 1 dona quduq qazilib, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
Solijonobod MFY hududida 4,1 km trasheya qazildi va 3,8 km tarmoq tortildi. 2 dona suv nasosi o‘rnatildi, makaziy suv inshootidagi binolarni ta’mirlash boshlandi.
Sohibkor MFY hududida 1 dona quduq qazildi, 5,5 km tarmoq tortilib, 1 dona suv minorasi o‘rnatildi.
Yangido‘kon MFY hududida 5,0 km tarmoq tortilib, 1 dona quduq qazildi.