Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“PROKUROR KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2023-04-15 20:38:04    218

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning milliy kurash turi bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida, “Polvonlari ko‘p yurt qudartli bo‘lur” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada kuragi yerga tegmagan polvonlarimiz viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Musobaqaning final bosqichida tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar qatnashib, yosh kurashchilarni sport bayrami bilan tabriklab, musobaqa g‘oliblariga viloyat bosqichida ham ulkan omadlar tiladilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilariga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram