Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUDUDLAR INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
2023-04-15 13:34:30 174
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori qabul qilingan. Qo‘shtepa tumanida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlashga kirishilgan.
Ushbu qaror asosida tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni soz holatga keltirish, elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Kattabeshkapa mahallasidagi Zakovat, Bog‘imaydon, Adolat ko‘chalarida 7.7 kilometr, Paxtakor mahallasidagi Orzu, Yoshlarobod ko‘chalarida 2.7 kilometr, Xalqobod mahallasidagi Murabbiylar, Uchqun, Nurjon ko‘chalarida 5.5 kilometr, Qorajiyda mahallasidagi Iqbol, Imkon, Jasorat, Madaniyat, Sadoqat, Qorajiyda, Zamondosh ko‘chalarida 7 kilometr asfaltlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, Sohibkor mahallasidagi Xiyobon, Extirom, Mushtarak, Isfayramsoy, Zumrad ko‘chalarida Mumtoz mahallasidagi Mumtoz, Sherdor ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlash ishlari ham nihoyasiga yetib bormoqda.