Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NURAFSHON MAHALLASIDA AHOLINING YANA BIR MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ce77e11cf376dd6ad2572.jpg)
2023-04-14 08:55:12 118
![](https://telegra.ph/file/ce77e11cf376dd6ad2572.jpg)
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Nurafshon mahallasi hududida ham jadal sur’atda ish olib borilmoqda.
Ushbu loyiha uchun 5117.1 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mahalla hududida 1 dona mavjud tik ichimlik suvi qudug‘ini tozalash, 2 dona yangi suv saqlash xovuzi, 1 dona ikkinchi suv ko‘tarish nasos stantsiyasi hamda 1 dona suvni xlorlash binosi qurish rejalashtirilgan. Qolaversa loyiha doirasida 17.5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajariladi. Loyiha ishlari “Super Projekt center” MChJ tashkiloti tomonidan bajarilgan. Qurilish ishlari “Obi-hayot qurilish injinering” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
![](https://telegra.ph/file/f7d3c349691278e758703.jpg)
![](https://telegra.ph/file/3b7c306a9684e2eee67a9.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2951a6ba6403fed68983e.jpg)