Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI XUSUSIY KLINIKA – AHOLI XIZMATIDA
2023-04-13 09:57:13 185
Tuman aholisiga qulaylik yaratish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida Qo‘shtepadagi Sohibkor MFY hududida “Said Med” xususiy klinikasi faoliyat olib bormoqda.
8,5 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan mazkur tibbiyot markazida UZI, EKG, EXO hamda boshqa zamonaviy tibbiyot jihozlari o‘rnatilgan. Klinika tarkibida 25 o‘rinli davolash bo‘limi, laboratoriya, dorixona, oshxona mavjud.
Yangi klinikada bir kunda 50 nafardan ziyod bemorni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Loyihani amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.