Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 213 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo‘shtepada futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi

×

 2023-04-10 13:39:37    117

PDF yuklash
Chop etish


Uyushmagan, ayni paytda ishsiz yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariga start berildi.

Bugun, tumandagi BO‘SMda musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga g‘oliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Shundan so‘ng ilk bellashuvlarga start berildi. Ta’kidlash joizki, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, tumandagi 4 ta sektor kesimida 51 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar hududlarga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar tuman, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.