Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XAYR-SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-04-07 13:52:40 181
Ramazon oyi munosabati bilan tuman targ‘ibotchilar guruhi a’zolari mahallalarda bo‘lishib, yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj kishilar holidan xabar olishmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputati Boburjon Axmadjonov hamda tuman targ‘ibotchilar guruhi a’zolari “O’rta O’qchi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Shukrona ko‘chasida yashovchi 1-guruh nogironi Muhammadjon Axmadjonovning xonadonida bo‘lib, suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida aniqlangan muammolarni hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Shuningdek, unga Ramazon tuhfasi sifatida oziq-ovqat maxsulotlari hamda sovg‘a salomlar berildi.