Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MAHALLARDA PREZIDENT QARORI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2023-04-04 11:58:32 177
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori qabul qilingan. Qo‘shtepa tumanida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlashga kirishilgan.
Qaror asosida tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni soz holatga keltirish, elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Kattabeshkapa, Sohibkor hamda Xalqobod mahallalarida shag‘allash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘llari ravon bo‘layotgan mahalla aholisi esa davlatimizning g‘amxo‘rlik siyosatidan va yo‘lsozlardan minnatdor.