Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’QCHI MAHALLASIDA 3 KILOMETR SUV TARMOG‘I TORTILIB, MAHALLADAGI 380 TA XONADONNING ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANADI
2023-04-01 10:05:35 207
Qo‘shtepa tumanidagi O’qchi MFY hududida ham aholi turmush sharoitini, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 25 oktyabr kuni qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra mahalla hududida toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
O’qchi mahallasidagi Yangifarg‘ona, Giloszor ko‘chalari hududida 1 dona suv qudug‘ini tozalash, 1 ta suv nasosi, 1 dona yangi suv minorasi, 1 dona suvni zararsizlantirish uskunasi va 1 ta TP o‘rnatish rejalashtirilgan. Pudratchi tashkilot “Suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda.
Loyiha yakunida 3 kilometr suv tarmog‘i tortilib, mahalladagi 380 ta xonadonning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.