Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDA IFTORLIKLAR DAVOM ETMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/94bdea2d35dcfa7a51a72.jpg)
2023-03-31 08:57:13 116
![](https://telegra.ph/file/94bdea2d35dcfa7a51a72.jpg)
Ramazon – mehr-saxovat oyi!
Qo‘shtepa tumanida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” shiori ostida mahallalarda iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. To‘kin dasturxon atrofida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda hududdagi nuroniy va faollar jam bo‘lishdi.
![](https://telegra.ph/file/d49222a2e0c887cef1c8f.jpg)
Tadbirda tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtrok etib muborak Ramazon oyi bilan ishtirokchilarni samimiy qutlab, ushbu muborak oy barchaga xayrli va barakotli bo‘lishini tiladi.
Bu kabi iftorliklar tumanimizdagi har bir mahallalarda davom etadi.