Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “OQILA AYOLLAR” HARAKATI A’ZOLARI OLDIDA TURGAN DOLZARB VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

×

 2023-03-24 16:54:27    141

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” “Oqila ayollar” harakatining viloyat rahbari Yulduzxon Rahimova, “Targ‘ibot guruhi” viloyat rahbari Sayyoraxon Alimova  hamda “Oydin” gazetasi muharriri Xadichaxon Karimovalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva, “Oqila ayollar” harakati tuman rahbari D.Yusupova va “Oqila ayollar” harakati a’zolari qatnashdi.

Yuzma-yuz muloqotda Qo‘shtepa tumanida “Oqila ayollar” harakatining muhim vazifalari muhokama qilindi. Shuningdek, oilalarda ajrimlarning oldini olish, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda “Oqila ayollar” harakati a’zolari hamda mahalla faollari o‘zaro hamjihatlikda faoliyat olib borishlari hayotiy zarurat ekaniga e’tibor qaratildi hamda harakat a’zolari oldida turgan dolzarb vazifalar yana bir bor aniq belgilab olindi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram