Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVRO‘Z BAYRAMI ARAFASIDA QAMISHTEPA MAHALLASIDA QURILISH VA XO‘JALIK MOLLARI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
2023-03-20 19:19:56 211
Navro‘z bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanida bir qator yangi ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Qamishtepa mahallasida tadbirkor Dostonbek G’ofurovning tashabbusi bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan “Doston qurilish va xo‘jalik mollari” savdo markazi ham mahalla ahliga chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.
Ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishib, savdo markazida mijozlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishdilar.
Zamonaviy, barcha qulayliklarga ega “Doston qurilish va xo‘jalik mollari” savdo markazida mahalladagi 35 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi.