Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVRO‘Z BAYRAMIGA TUHFA
2023-03-20 18:45:36 298
Bugun, Navro‘z bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasida yangi qurib foydalanishga topshirilgan “Yuksalish” kredit-savdo markazining filiali hamda “Milliy va parxez taomlari” oshxonasining ochilish marosimi bo‘ldi.
Barcha zamonaviy qulayliklarga ega bu markazning ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etishdi.
Mahalla ahlini uzog‘ini yaqin qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ochilgan “Yuksalish” kredit-savdo markazi va “Milliy va parxez taomlari” oshxonasida jami 45 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.