Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA SAHOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-03-18 16:31:04 212
Mehr-saxovat xalqimizga xos fazilatlardandir. Navro‘z-umumxalq bayrami va Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan fuqarolardan 127 nafariga, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga olingan ayollardan 217 nafariga, “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olingan 130 nafar yoshlarga va extiyojmandligi bor oilalardan 36 nafariga, jami 510 ta oilalarga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, tumandagi tashabbuskor xomiylar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi bir joyda yotib qolgan mehnat faxriylari, keksalar, nogironligi bor, kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q oilalardan 255 nafariga ham oziq-ovqat mahsulotlari va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
Ushbu oziq-ovaqat mahsulotlari mahallalardagi mas’ullar tomonidan yetkazib berildi.