Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 16 TA MAHALLAGA 33,6 KM UZUNLIKDAGI 0,4-10 KVLI YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG‘I QURILMOQDA
2023-03-18 08:48:41 209
Qo‘shtepa tumanida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida ibratli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanda loyiha qiymati 5,0 mlrd so‘mdan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida, tumandagi 16 ta mahallaga 33,6 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlariga kirishildi. Bundan tashqari 5 dona yangi transformator punkti ham yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.
Ayni vaqtda, “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstantsiyasidan yangi 10 kVli 13,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari jadal suratda davom etmoqda.
Bu orqali tumanning “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.