Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BIR KONTUR – BIR MAHSULOT” TAMOYILI: TOMORQADA YETISHTIRILGAN MAHSULOTNING MEHRI VA BARAKASI BOSHQACHA BO‘LADI
2023-03-17 13:57:51 499
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari va tegishli qarorlari bilan yurtimizda ishsiz aholiga qishloq xo‘jaligi yerlarini dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilindi. Ushbu yo‘nalishda Qo‘shtepa tumanida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
“E-AUKSION” dasturi orqali ochiq tanlovda g‘olib bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, rasmiy ishsizlar hamda alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bu yerlarlarda dehqon xo‘jaligi yuritish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bu yil birinchi bosqichda “E-AUKSION” dasturi orqali ochiq tanlovda g‘olib bo‘lgan 2746 nafar fuqarolarga 799 gektar maydon mahallalardagi hokim yordamchilarining ko‘magida taqsimlab berildi. Ayni kunlarda “Bir hudud – bir mahsulot”, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida hududlarda tuproq iqlim sharoiti, fuqarolarning dehqonchilik madaniyati, mahsulot sotib oluvchi klaster, kooperatsiyalar, qayta ishlash va eksportyor korxonalarning mahsulot turiga bo‘lgan talabi hamda ichki iste’mol bozorlarida aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib qishloq xo‘jalik ekinlari ekilmoqda.