Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XO‘JAQISHLOQDA BUNYODKORLIK ISHLARI JADAL SURATDA OLIB BORILMOQDA
2023-03-15 09:11:30 203
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori doirasida Qo‘shtepa tumanida toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish va suv ta’minotini yaxshilash borasida bunyodkorlik ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Xususan, qarorga ko‘ra Xo‘jaqishloq mahallasidagi Iftixor ko‘chasi hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 0.5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 1230.0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xozirda pudratchi tashkilot “Effekt Elegant Qurilish” MChJ tomonidan Iftixor ko‘chasi hududida 0.5 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.