Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QORAQUSHCHI MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
2023-03-11 09:34:57 202
Ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra Qoraqushchi mahallasida ham toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish va suv ta’minotini yaxshilash ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
Xususan, Ravnaq, Gulobod ko‘chasi hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 2.0 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 1230.0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Pudratchi tashkilot “Orzu Ta’mir Qurilish Fayz” MChJ tomonidan shu kungacha 2.0 kilometr transheya qazish hamda 1.7 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.