Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI 10 KVLI TARMOQ TORTILMOQDA
2023-03-11 08:34:46 171
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanida loyiha qiymati 5,0 mlrd so‘mdan ortiq 4 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Buning natijasida, tumandagi 16 ta mahallaga 33,6 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlariga kirishildi. Bundan tashqari 5 dona yangi transformator punkti ham o‘rnatilib, yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.
Ayni vaqtda, “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstantsiyasidan yangi 10 kVli 13,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari bajarilmoqda.
Bu orqali tumanning “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.