Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MEHR DAFTARI” HAR BIR KO‘NGLI O‘KSIK QALB EGALARI ORZULARINI RO‘YOBGA CHIQARMOQDA
2023-03-06 21:32:32 224
Davlat jamiyatning barcha qatlamlari haqida bir xil qayg‘urgani kabi “Mehr daftari” orqali yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yangi imkoniyatlar yaratildi va ular o‘zlarining hozir hamda kelajakdagi hayotini to‘liq shakllantirib olishi uchun imkon yaratib berdi.
Shu ma’noda, Qo‘shtepa tumanida ham “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarning muammolari hamisha inobatga olinmoqda.
Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimligida “Mehr daftari”ga kiritilgan Mexriniso Sharifovaning dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishlari inobatga olinib, unga noutbuk berildi. Bayram sovg‘asi tuman hokimi Ilyosbek Novikov ishtirokida topshirildi.