Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI QO‘SHTEPA TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRKORLIK VA INVESTITSIYA LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2023-03-02 08:23:56    192

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Qo‘shtepa tumanida aholi farovonligini ta’minlash va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirkorlik loyihalari hamda yangi korxonalar faoliyati, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari bilan tanishdi.

“Sohibkor” MFYda istiqbolli loyiha doirasida “Uz samarali servis” MChJ tomonidan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Joriy yilning iyul oyida ishga tushiriladigan yangi loyihaga esa umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘m bo‘lgan investitsiya jalb etilib, 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

“Shodlik” MFYda esa “Umid Sardor Doniyor” MChJ tomonidan olib borilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazining qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Zamonaviy majmuada 8 milliard so‘m mablag‘ evaziga sog‘lomlashtirish klubi, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar uchun o‘yin maydonchasi hamda umumiy ovqatlanish markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 2023 yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan ushbu majmuada 30 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

“Qumtepa” MFY hududida qurilayotgan loyiha qiymati 13,5 milliard so‘m bo‘lgan muzlatkichli ombor, plastmassa yashik, metal va tunuka mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat va o‘quv markazi, bolalar klinikasi tashkil etish loyihasi ham istiqbolli ekanligi ta’kidlandi. Muhtasham majmua mustaqillik bayrami arafasida ishga tushirilishi hisobiga 60 nafardan ziyod mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

“Fergana Stroy Oil” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tibbiy klinika, maishiy xizmat ko‘rsatish markazi hamda mehmonxona qurish loyihasi uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, tadbirkor Javlonbek Muxtorov uning 9 milliard so‘mini o‘z mablag‘i hisobidan sarflamoqda. Shu tariqa 50 ta ish o‘rniga ega loyiha joriy yil yakunida ishga tushirilishi maqsad qilingan.

Ayni paytda “Alimardon Abubakir fayzi” oilaviy korxonasi tomonidan loyiha qiymati 2,6 million dollar bo‘lgan yirik loyihani amalga oshirish uchun izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Loyiha doirasida 120 o‘rinli mehmonxona, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 250 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 30 o‘rinli tibbiyot klinikasi qad rostlaydi.

Qo‘shtepalik tadbirkorlarning har bir loyihasi bilan birma bir tanishgan viloyat rahbari qurilish ishlarini shaharsozlik me’morchiligi an’analariga muvofiq tarzda sifatli va mustahkam bo‘lishini ta’minlash borasida zaruriy tavsiyalarini berdi.

O’z navbatida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar davomida ularning qiynayotgan muammolari, xususan, bank krediti bilan bog‘liq masalalar shu yerning o‘zida o‘rganildi hamda ijrosini ta’minlash borasida tegishli mutasaddi idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram