Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA ZAMONAVIY KLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2023-03-01 19:15:52 183
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumani Sohibkor MFY hududida barpo etilgan zamonaviy tibbiyot markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tuman aholisiga qulaylik yaratish hamda sifatli tibbiy hizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida “Said Med” xususiy klinikasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
8,5 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan mazkur tibbiyot markazida UZI, EKG, EXO hamda boshqa zamonaviy tibbiyot jihozlari o‘rnatildi. Klinika tarkibida 25 o‘rinli davolash bo‘limi, laboratoriya, dorixona, oshxona mavjud.
Yangi klinikada bir kunda 50 nafardan ziyod bemorni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Loyihani amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.