Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUNARLINING HUNARI - MURODIGA YETKAZAR

×

 2023-03-01 14:50:37    961

PDF yuklash
Chop etish



Xalqimizda “Hunarli kishi xor bo‘lmas”, degan naql bejiz aytilmagan. Qo‘lida hunari bo‘lgan odamning ro‘zg‘ori but, ko‘ngli to‘q, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Hunarli inson o‘ziga ham, o‘zgalarga ham naf keltiradi.

Shu bois ham mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida hunarmand ayollar soni tobora oshib bormoqda. Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shoxistaxon Rahmonova yurtimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, 21 million so‘m kredit evaziga 3 dona tikuv mashinasi oldi. Kasbi tikuvchi bo‘lganligi uchun dastlab oiladagi qizlari va kelinlari bilan poyabzal tikishni yo‘lga qo‘ydi.

Hozirga kelib hunarmad ayolning ish faoliyati yanada kengaydi. Qo‘shimcha tikuv mashinalari harid qilib, mahalladagi 5 nafar ishsiz ayollarni ham yoniga oldi. Shoxistaxon Rahmonovaga shogird tushib, oilasiga daromad olib kirayotgan ayollarning 3 nafari mahallaning “Ayollar daftari”da turishadi.

Bundan tashqari Shoxistaxon kasanachilik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. Hozirda 10 nafar mahalladoshlari kasanachilik asosida ish olib borishmoqda. 







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram