Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLA AHLIGA TUHFA
2023-02-28 08:56:53 204
Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasida ham juda katta qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Eng quvonarlisi, shu kunlarda qurilishi yakunlangan yangi inshoatlar foydalanishga topshirilmoqda. Yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Po‘lat ota choyxonasi” va sartaroshxona mahalla ahliga chinakam tuhfa bo‘ldi.
Mahalla aholisi uchun xizmat ko‘rsatayotgan choyxonada asosan milliy taomlar tayyorlanmoqda. Choyxonaning ish boshlashi bilan hududagi 5 nafar ishsizlar ish bilan ta’minlandi.
Sultonxon Qo‘shaqov yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, mahalla hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidovaning tavsiyasi bilan kelgusida bankdan kredit olib faoliyatni kengaytirishni, shuningdek qo‘shimcha ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirdi.