Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ZULFIYAXONIM TAVALLUDINING 108 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
2023-02-28 08:36:30 235
Ijod olamida yorqin iz qoldirgan Zulfiyaxonim tavalludi mamlakatimiz bo‘ylab har yili bahorning birinchi sanasida keng nishonlanadi.
Sadoqat va matonat sohibasi, o‘zining dilbar she’rlari bilan ko‘ngillar tubidan joy egallagan shoiraning ijodiy merosi bugun barchamizni mo‘’jaz va betakror olamga yetaklaydi. Zulfiyaxonim she’rlarini mutolaa qilar ekansiz, ularda ona Vatan manzaralari, yurt mehri, vafo va sadoqatni chuqur his etasiz.
Shoiraning ijodiy merosi bugun yoshlarimizni yaxshilikka, ezgulikka, sadoqatga chorlab kelayapti.
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan badiiy kechalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, tumandagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida shoira Muniraxon Qo‘qonovaning “Harir tuyg‘ular” kitobi hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, yosh qalamkash Nilufar Ergashevaning “Yashil so‘z” deb nomlangan she’riy to‘plamining taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyevlar ishtirok etdi.