Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
120 O‘RINGA MO‘LJALLANGAN YANGI BOG‘CHA QIRG‘IZOBODLIK BOLAJONLARGA TUHFA BO‘LDI
2023-02-24 08:35:44 193
Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini, Qirg‘izobod qishlog‘idagi bolalar bog‘chasi 2018 yilda 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filial sifatida moslashtirilgan binoda, 25 nafar bolani tarbiyalash uchun tashkil etilgan edi. 2020 yilda 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maqomi berilib, 50 nafar bolani qamrab olgan ushbu ta’lim tashkilotiga 4 milliard 653 ming so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda qishloq bolalari har tomonlama zamonaviy qulaylikka ega bog‘chada tarbiyalanmoqda.