Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI FARG‘ONA VILOYATI BO‘LIMI TOMONIDAN QO‘SHTEPA TUMANIDA YANGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
2023-02-24 08:29:06 205
Qo‘shtepa tumanidagi madaniyat markazida iste’dodli shoira, “Shuhrat” medali sohibasi Muniraxon Qo‘qonovaning viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan yangi chop etilgan “Harir tuyg‘ular” nomli she’riy kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi xodimlari, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi. Taqdimot marosimida so‘z olganlar muallif va uning yangi kitobi haqida o‘zlarining iliq fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. San’atkorlar va iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar davraga fayz qo‘shdi.