Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIYQI MAHALLASINING INFRATUZILMASI HAM YAXSHILANMOQDA
2023-02-20 15:59:21 201
Qo‘shtepa tumanidagi Qiyqi MFY hududida ham aholi turmush sharoitini, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 25 oktyabr kuni qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
Qiyqi mahallasidagi Sardoba ko‘chasi hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 1.5 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 1120.0 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Baraka Fayz Invest” MChJ tomonidan shu kungacha Sardoba ko‘chasi hududida 0.7 kilometr transheya qazish hamda 0.3 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.