Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA

×

 2023-02-17 08:11:18    141

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta’minotida muammolar bor edi. Keyingi yillarda mazkur mummolar ijobiy hal etilib, o‘tgan yili tumanda salmoqli ishlar bajarildi. Ushbu hayrli ishlar bu yil ham davom etmoqda. Xatto chekka hududlardagi mahallalarda ham ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda.

Xususan, ayni kunlarda 11 ta mahallada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish va suv ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Sohibkor MFY hududida ham toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari davom etmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlarida mahalla ahli hashar uyushtirib, faol ishtirok etishmoqda.

Mahalla hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 4.0 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilib, 3770.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Pudratchi tashkilot “Farg‘ona Bunyodkor Qurilish” MChJ tomonidan 1 dona quduq qazish ishlari boshlanib, 1.6 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram