Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XO‘JAQISHLOQ MAHALLASINING INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
2023-02-14 16:19:59 179
Qo‘shtepa tumanidagi Xo‘jaqishloq MFY hududida aholi turmush sharoitini, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yilning 25 oktyabr kuni qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qaroriga ko‘ra Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlandi.
Xo‘jaqishloq mahallasida 1 milliard 200 million so‘mlik loyiha doirasida 550 metr suv tarmog‘i tortish, 1 ta suv nasosi va 1 ta suv saqlash hovuzi o‘rnatish, 1 ta TP o‘rnatish, 1 ta quduq tozalash, 1 ta suv saqlash hovuzini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.