Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI
2023-02-14 15:35:37 386
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Xalq ta’limi bo‘limi va Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘zga chiqib, buyuk shoirning hayot va ijod yo‘li, millatimiz uchun amalga oshirgan buyuk ishlari hamda Bobur ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritdi va barchani ushbu muhim sana bilan qutladi.
Tadbir davomida tuman rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tadbirlar hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etganlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari va tashakurnomalar topshirildi.
Shuningdek kechada Bobur g‘azallaridan baytlar, madaniyat bo‘limi va tumanimizdagi ijodkorlar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar hamda betakror sahna ko‘rinishlari ijro etildi.