Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2023-02-07 16:18:42 179
Bugun Qo‘shtepa tumani “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Nuriddinov, Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi A.Mirsaidov hamda soha xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida dunyoning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan turli mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan bir davrda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi faqatgina ma’rifat bilan kurashish zarurligi, axborot xurujlaridan ogoh bo‘lish, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, Islom dinining insonparvarlik va bag‘rikenglik dini ekanligi, Ona vatanimizni asrab avaylash, doimo ogoh va xushyor bo‘lib yashash lozimligi aytib o‘tildi.