Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AKTSIYA: QO‘SHTEPADA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI
2023-02-07 13:27:03 198
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aktsiyasi bugun Qo‘shtepa tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etildi.
Tadbirda dehqon va bog‘bonlar, fermerlar, klaster xodimlari va ularning oila a’zolari viloyat davolash-profilaktika muassasalari mutaxassislari, poliklinika shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tumanda 460 dan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. Salomatlik oyligi aktsiyasi davomida fermer a’zolari va qishloq xo‘jaligi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda kasalliklarni erta aniqlash va barvaqt sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.