Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 153 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA OBODLIGI — KO’NGIL OBODLIGI

×

 2023-02-06 14:25:27    157

PDF yuklash
Chop etish



 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida Langar hamda Yangiariq mahallalarida umumiy miqdorda 25.874 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan olis va chekka qishloqlarimizda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yurtdoshlarimiz hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarni obodonlashtirish uchun Qo‘shtepa tumanidagi Langar hamda Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlab olinib, mahallalarda katta bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Xususan, dastur doirasida Langar va Yangiariq mahallalarida umumiy miqdorda 25.874 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi.

2022 yilning o‘tgan oylari davomida  Langar mahallasida jami 7,1 kilometr, Yangiariq mahallasida 7,6 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.

Mahallalarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 10412 million so‘m mablag‘ ajratilib, Langar MFY hududida 4 dona suv inshooti ta’mirlandi, 2 dona quvvati 160 kVali transformator punkti, 4 dona nasos, 2 ta rezervuar ta’mirlandi va 13,5 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Yangiariq MFY hududida ham 1 dona suv inshooti ta’mirlandi, 1 dona yangi suv inshooti, 1 dona transformator punkti, 2 dona suv nasosi o‘rnatildi. 1 dona yangi tik ichimlik suv qudug‘i qazilib, 1 dona mavjud suv quduq rekonstruktsiya qilindi. 15,4 kilometr tarmoq tortish ishlari bajarildi.

Shuningdek, mahallalar hududiga 385 ta tayanch, 2 dona TP o‘rnatildi hamda 6.9 kilometr elektr tarmog‘i tortildi. Qolaversa, 1 kilometr piyodalar yo‘lagi qurilib, 157 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari mahallalarda 2 ta maktab, 1 ta Langar markaziy shifoxonasi Ambulatoriya bo‘limi hamda 8-MTTda ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mahallalar hududidagi 168 ta uy-joylar hamda 2 ta mahalla guzari ta’mirlandi. 2 ta savdo majmualari qurib foydalanishga topshirildi. Aloqa va axborotlashtirish tizimini yaxshilash maqsadida 5 kilometr aloqa tarmoqlari qurildi.

Chiqindixonalar qurish-ta’mirlash, yangi tipdagi modullar va urnalar o‘rnatish maqsadida 4 dona chiqindilar qutisi qo‘yildi. Mahalla aholisi tomorqasiga 1600 dona ko‘chatlar ekilib, 1 dona avtobekat qurildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida mahallamizdagi muammolar barham topdi, – deydi Langar mahallasida yashovchi otaxon Muxtorali Qaxxorov. – Odamlarimizni ko‘ngli obod bo‘ldi, nurga to‘ldi. Bunday g‘amxo‘rliklar uchun muhtaram Prezidentimizdan behad minntadormiz.

Bir so‘z bilan aytganda Langar va Yangiariq mahallasida olib borilgan ishlar barchani ko‘nglini shod etdi. Mazkur sa’y-harakatlarning ko‘lami, qamrovi, sur’ati, odamlarni kelajakka bo‘lgan ishonchini orttirdi.







 

 

 

 

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram