Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNATGA BAXSHIDA UMR: MUHABBATXON MO‘YDINOVANING 60 YILLIK YUBILEY TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-02-03 16:33:38    161

PDF yuklash
Chop etish





Qo‘shtepa tumanida tantiligi, zahmatkashligi, mehnatsevarligi bilan o‘z taqdirini Vatan ravnaqiga bog‘lagan insonlar juda bisyor. Qo‘shtepa tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhabbatxon Mo‘ydinova ham ana shunday insonlardan biridir.

Bugun “Rayyon” tantanalar majmuasida Muhabbatxon Mo‘ydinova tavalludining 60 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

1998 yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan Muhabbatxon Mo‘ydinova 27-umumta’lim maktabi rahbarligidan Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Ayni kunlarda tuman hokimining maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Muhabbatxon Mo‘ydinova zahmatkash, faol, ma’naviy yetuk, shuningdek, boshqalar dardi-yu quvonchini o‘ziniki deb bilgan, jonkuyar insondir.

Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat va tuman hokimligining mas’ullari, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Muhabbatxon opaning yaqinlari ishtirok etdilar.

Tadbirni, tuman hokimi Ilyosbek Novikov kirish so‘zi bilan ochib, Muhabbatxon Mo‘ydinovaning hayot yo‘li va shu sohada erishgan yutuqlari haqida gapirdi. Ustozni tavallud kuni bilan qutlab, tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Viloyat prokurorining o‘rinbosari Farxodjon Ismoilov, viloyat hokimining maslahatchisi Soxibjamol Tongotarova, viloyat targ‘ibot guruhi rahbari Sayyoraxon Alimova, Respublika Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat bo‘limi rahbari Jamilaxon Axmedova, “Oydin” gazetasi muharriri Xadichaxon Karimova hamda boshqalar fidoyi va mehnatkash inson Muhabbatxon Mo‘ydinovani tavallud kuni bilan tabriklab, o‘zlarining dil izxorlarini bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar. 

Tadbir O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Murodjon Ibroximov, tuman madaniyat uyining xonandasi Saydvali Azimovlarning chiqishlari bilan yanada qizg‘in tus oldi.



































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram