Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INLARI BINOSIDA BADIIY KITOBLAR BURCHAGI TASHKIL ETILMOQDA
2023-01-30 09:20:21 207
Aholini kitobxonlikka kengroq jalb etish maqsadida mahallalarda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida tashkil etilgan Ma’naviyat kutubxonasini boyitish va aholi savodxonligini oshirish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan badiiy kitoblar tarqatildi. Barcha taqdim etilgan kitoblar mahalla idoralariga joylashtirib, fuqarolarning mutolaa qilishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratildi.