Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA OSH DAMLANIB, IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARGA, BEMOR VA KEKSALARGA TARQATILMOQDA
2023-01-19 09:13:01 154
Qo‘shtepa tumanidagi Qiyqi mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan osh damlanib, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, bemor va keksalarga beminnat tarqatilmoqda.
Kecha ikkinchi marotaba kechi ovqat mahali tayyor bo‘lgan issiq taom harbiy dala oshxonasiga tashrif buyurganlarga va mahallalardagi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, bemorlarga, keksalarga tarqatildi.
Qo‘shtepa tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish va sinovli kunlarda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlar davom etmoqda.