Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SARMOZOR MAHALLASINING INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANMOQDA
2023-01-12 14:04:41 182
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 408-sonli qarori asosida, Sarmozor mahallasining Sharq ko‘chasidagi 130 nafar xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida, 2,1 km masofada qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur qurilish ishlarini olib borish uchun davlat byudjetidan 1 mlrd 184,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ta’mirlash ishlari mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari hamda jamoatchilik tomonidan doimiy nazoratga olingan.