Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EKSPORT MIQDORI O‘TGAN YILGA NISBATAN KO‘PAYDI

×

 2023-01-10 14:04:37    167

PDF yuklash
Chop etish





Qo‘shtepa tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 million dollar ko‘proq eksport amalga oshirildi.

Shundan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 4,1 million, sanoat mahsulotlari 41,8 million AQSh dollari yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 million dollar ko‘proq eksport amalga oshirildi.

Shuningdek, 2021 yilda tumanda 7 ta eksportyor korxonalar tomonidan mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, 2022 yilda eksportyor korxonalar soni 14 taga yetdi.

2021 yilda mahsulotlar eksporti asosan Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Xitoy davlatlariga amalga oshirilgan bo‘lsa, 2022 yilda ushbu davlatlar bilan bir qatorda Tojikiston, Eron, Pokiston davlatlariga hamda Turkiya, Ukraina, Germaniya, Italiya kabi YEvropa davlatlariga ham eksport amalga oshirildi.

Jumladan, Eron islom Respublikasiga 10 million dollardan ortiq, Turkiya davlatiga 15 million dollardan ortiq, Germaniya va Italiya davlatlariga 400 ming dollardan ortiq sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilgani albatta eksport geografiyasi kengayib borayotganini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar YEvropa standartlariga mos sifatga ega bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.







 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram