Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA VATAN HIMOYACHILARI KUNI YUQORI SHUKUHDA NISHONLANDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/c049e236a3be87b55c652.jpg)
2023-01-09 13:11:55 103
![](https://telegra.ph/file/c049e236a3be87b55c652.jpg)
Bugun Qo‘shtepa tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida tuman aholisi, o‘quvchi-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov harbiylarni bayram bilan qutladi.
Tadbir davomida barcha yig‘ilganlar uchun harbiy qurol-yaroqlar va jangovar texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, askarlarning qurol-aslahalar yordamida va qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari barchada hayajon va qiziqish uyg‘otdi. Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa yuraklargacha yetib bordi.
![](https://telegra.ph/file/ae69ff1e1f209e7837879.jpg)
![](https://telegra.ph/file/fe5752bbc0cedad7e4b71.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1b4de3e47f355d8cf599c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/b79b689808fc0169dd729.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a693ea6a7213fc2dca99c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/5150efa199b98cc628d53.jpg)
![](https://telegra.ph/file/7494ff3592bf29fb8a4e1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/45811b7dae1a7c7e82412.jpg)
![](https://telegra.ph/file/89267c99914102b1694b9.jpg)