Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR FAOLLARIGA ZAMONAVIY PLANSHETLAR TOPSHIRILDI
2023-01-05 13:15:44 200
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida tumanimizdagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollariga “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli o‘rnatilgan planshetlar topshirildi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Yunusov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili T.Xomidov hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faollariga mahallalarda «oilabay» tizimini yuritishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarni bazalarga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.