Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 192 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-12-30 09:56:00    109

PDF yuklash
Chop etish




“Otabek Artikov” telegram messendjerida Qo‘shtepa tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir haqida tanqidiy munosabat bildirilgan edi.

Ushbu tanqidiy munosabat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yil 27 dekabr kuni maktabning yuqori sinf o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi dastur asosida “Yangi yil” tadbiri tashkil etilgan. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli, faol o‘quvchilarni maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlash hamda ularning ota-onalariga tashakkurnoma yuborishdan iborat bo‘lgan. 30 daqiqa davom etgan tadbir yuzasidan maktab ma’muriyatiga o‘quvchi yoki ularning ota-onalaridan hech qanday e’tiroz bo‘lmagan.

Ushbu tadbir maktabning ichki tadbiri bo‘lganligi uchun tuman hokimligi yoki tuman XTBdan mas’ul vakillar ishtirok etmagan.

Suratda ertak qahramonlari obrazidagi bolalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bo‘lib, tashqariga Qorbobo va qorqiz bilan esdalik uchun suratga tushish maqsadida qisqa vaqtga chiqishgan xolati aks etgan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati. 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram