Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XAYR-SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2022-12-29 20:07:25 155
Yangi yil bayrami arafasida Qo‘shtepa tumanida xayr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Sektor rahbarlari hududlarda bo‘lishib, bir guruh kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bemorlar holidan xabar olishmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimi I.Novikov tomonidan 1-sektor hududidagi Sohibkor, Soy bo‘yi, G’ishtmon, Karnaychi, Qizilariq hamda Qiyqi mahallalaridagi boquvchisi chet davlatda bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berildi.
E’tibor va g‘amxo‘rlikdan dillari shod bo‘lganlar duoga qo‘l ochib minnatdorlik bildirishdi.
Qo‘shtepa tumanidagi xayr-saxovat tadbirlari barcha sektorlarda davom etmoqda.