Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2022-12-29 08:38:53 168
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 670-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi Xumdon MFY hududida 3.0 kilometr oqava suvi tarmog‘i tortish, 1 dona mavjud KNSni rekanstruktsiya qilish, 2 dona fikal haydovchi nasos o‘rnatish rejalashtirilib, buning uchun 1.35 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Transheya qazish, montaj hamda KNS binosini rekanstruktsiya qilish ishlari “Far qurilish montaj invest” MChJ tomonidan olib borilmoqda.
Loyiha doirasidagi 1 dona KNSni rekanstruktsiya qilish, 2 dona fikal haydovchi nasos o‘rnatish ishlari yakunlanganligi munosabati bilan yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va mutassaddi idoralarning vaklillari, shuningdek mahalla faollari ishtirok etishdi.